
"Manchester Siti" futbolchilari Sanening jamoadan ketishiga ishonishmoqda
"Manchester Siti" klubi vingeri Leroy Sane katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach jamoani tark etadi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Siti” futbolchilari Sanening ketishiga to‘liq ishonishmoqda, chunki ular bu borada germaniyalik futbolchi bilan gaplashishgan.
Eslatib o‘tamiz, Sane o‘tgan yoz “Bavariya”ga o‘tishga juda yaqin kelgandi. Biroq, kutilmagan jarohat ushbu transferni barbod qildi.
Endi Germaniya chempioni uni 90 mln evroga sotib olishga tayyorligini bildirmoqda.
Fikrlar