
“Manchester Siti” futbolchiga narx qo‘ydi
“Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni Ederson faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishga rozilik berdi. Bu haqda turkiyalik jurnalist Yaqub Chinar xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik 31 yoshli golkiperga “Galatasaroy” da’vogarlik qilmoqda. Istanbulliklar bosh murabbiyi Okan Buruk telefon orqali Ederson bilan gaplashib, uni jamoaga kelishga ko‘ndirgani aytilmoqda.
“Manchester Siti” tajribali posbonni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. “Shaharliklar”ni ijara varianti qoniqtirgani yo‘q. Shuningdek, klub shartnomasi kelasi yoz yakunlanadigan Ederson uchun 10 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Ederson 2017 yildan beri “Manchester Siti” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Hozirgacha barcha turnirlarda 372 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 168 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar