
"Manchester Siti" Errerani yana ijaraga berib yubordi
"Manchester Siti" o‘zining venesuelalik yarim himoyachisi Yanxel Errerani "Granada"ga ijaraga berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispan klubi 22 yoshli futbolchini 2021 yilning yozigacha sotib olish huquqisiz ijaraga olgan. Ta’kidlash kerakki, Errera o‘tgan mavsumni ham aynan “Granada” safida ijarada o‘tkazgan edi.
"Manchester Siti" Errerani 2017 yilning fevralida "Atletiko Venesuela"dan sotib olgan edi.
Fikrlar