"Manchester Siti" Echeverri uchun kurashda favoritga aylandi

  • 24 dekabr, 2023, 19:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Indoneziyada bo‘lib o‘tgan U-17 Jahon chempionati kashfiyotlaridan biri Klaudio Echeverri kelasi mavsumni Evropaning top klubida boshlashi mumkin. Oldinroq futbolchining o‘zi ham "River Pleyt" bilan yangi shartnoma imzolamasligi va boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, "Manchester Siti" Echeverri uchun harakatni boshladi. "Shaharliklar" va "River Pleyt" o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tyapti. Hozircha rasmiy taklif haqida mish-mishlar yo‘q, lekin yarim himoyachining tovon puli 25 million evro. 

Kurashda "Chelsi" va "Barselona" klublari ham bor. Kataloniyaliklar Klaudio uchun bo‘lib-bo‘lib 30 million evro to‘lamoqchi edi. Ammo ushbu taklif rad qilindi. "Aristokratlar" esa ayni paytda jim. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!