“Manchester Siti” “bomba” xaridlarni amalga oshirishi mumkin
“Manchester Siti” Londonning “Chelsi” klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turgan himoyachi Natan Ake o‘rniga munosib nomzodlar qidirmoqda.
Jurnalist Rob Dousonning xabar berishicha, “shaharliklar” “Vilyarreal” fubolchisii Pau Torres va “Sevilya” etakchisi Jyul Kundega jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kundeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar talaygina: “Barselona” va “Chelsi”. Har ikki klub ham frantsiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy harakat qilmoqda. Torres esa “Manchester Yunayted”ga o‘tishi taxmin qilingan edi, biroq tomonlar muzokaraga kela olmadi.
"Manchester Siti" Natan Ake transferidan taxminan 50 million evro foyda olmoqchi va bu pulga yaxshiroq futbolchi sotib olish haqida o‘ylamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" Kunde sotuvidan 65 million evro talab qilmoqda. "Vilyarreal" ham Torres uchun taxminan shu atrofda mablag‘ so‘rashi taxmin qilingan.



Fikrlar