"Manchester Siti" "Barselona"ni dog‘da qoldirdi

  • 28 dekabr, 2023, 14:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "River Pleyt" yarim himoyachisi Klaudio Echeverri bilan shartnoma imzoladi. 

"The Guardian" nashri bergan xabarga ko‘ra, "shaharliklar" Argentina jamoasi bilan ushbu transfer borasida kelishuvga erishgan va "Barselona" bilan kurashda g‘alaba qozongan. Manchester klubi uning transferi uchun 25 million evro to‘lashi kutilyapti. 

Echeverri mavsum so‘nggiga qadar "River Pleyt"da ijara asosida to‘p tepadi. 

Klaudio 2023 yilda Argentina chempionati doirasida 5 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assist muallifiga aylangan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!