
“Manchester Siti” “Barselona” futbolchisini o‘ziga og‘dirib oldi
“Manchester Siti” rahbariyati “Barselona” tizimida tarbiyalangan 16 yoshli Xuan Larios bilan shartnoma imzoladi. 16 yoshli futbolchining o‘zi Angliyaga ko‘chib o‘tishini tasdiqladi.
- Nihoyat, men tayyorman, - deb yozdi Larios ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
Angliya ommaviy axborot vositalari “Manchester Siti”ning yangi futbolchisini Xordi Albaga qiyoslashmoqda.
“Barselona” yosh futbolchilar akademiyasi direktori Patrik Klyuyvert bir necha oy davomida harchand urinmasin iste’dod egasini Kataloniyada qolishga ko‘ndira olmadi.
- Iste’dodli yosh futbolchilar bizni tark etayotgani achinarli hol. Agar ularning o‘zi “Barselona”dagi kelajagiga ishonmasa va ketishni istasa, biz hech narsa qila olmaymiz, - dedi Patrik Klyuyvert.
Fikrlar