"Manchester Siti" APLda yarim yildan buyon yutqazmayapti. So‘ngi bor kim mag‘lub etgandi?

  • 27 avgust, 2022, 21:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning Angliya Premer-Ligasidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 16taga etdi. 

Tecno

Bugun Pep Gvardiola shogirdlari APLning 4-turi doirasida "Kristal Pelas"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Hujumchi Erling Xoland o‘z nomiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. 

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" chempionat doirasida so‘nggi bor 19 fevral kuni "Tottenxem"ga (2:3) yutqazgandi. Shundan keyin jamoa 12 ta bahsda g‘alaba qozondi va 4 marta durang o‘ynadi. 

"Siti" 31 avgust kuni 5-turda "Nottingem Forest"ga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!