
"Manchester Siti" - "Real" o‘yinini qaysi telekanal namoyish etadi?
Bugun Evropa Chempionlar ligasi yarim final bahslari start oladi. Dastlabki o‘yin "Manchester Siti" - "Real" o‘rtasida kechadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Bellashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
27 aprelda esa "Liverpul" - "Vilyarreal" bahsi o‘tkaziladi. Bu o‘yin ham 00:00da start oladi.
Javob uchrashuvlari 3-4 may kunlariga belgilangan.
Fikrlar