Mana sizga drama! "Atletiko" so‘nggi soniyalarda penaltidan gol ura olmay, pley-offdan mahrum bo‘ldi
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Bayer" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda jamaolar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
"Matraschilar" safida Karrasko hamda De Paul gol urgan bo‘lsa, nemislardan Diabi hamda Xadson-Odoi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, "Atletiko" futbolchisi Karrasko 90+9-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa, "matraschilar" pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. 



Fikrlar