
Malkom "Zenit" safidagi debyut golini urdi
Rossiya premer-ligasining 22-turida “Zenit” o‘z maydonida “Ural”ni qabul qilmoqda va 4:0 hisobida oldinda bormoqda.
Piterliklarning o‘yindagi 4-goliga Malkom mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu braziliyalik futbolchi uchun “Zenit” safida rasmiy uchrashuvlarda kiritgan ilk goli bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Malkom “Zenit” safiga 2019 yilning yozida 40 mln evro evaziga “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar