
Malkom qachon safga qaytishi mumkinligini aytdi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi vingeri Malkom qachon piterliklar safida rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishni boshlashini aytdi.
“Men har doim o‘ynashni xohlaganman, ammo hali 100 foizga tayyor emasligimni va hali jismoniy holatimni yaxshilashim kerakligini bilaman. Hozircha o‘rtoqlik o‘yinlarida ma’lum daqiqalar maydonga tushib turibman va bosqichma-bosqich 29-sanaga tayyorlanyapman", - deydi Malkom.
Ma’lumot uchun, Malkom “Zenit” safiga 2019 yilning yozida “Barselona”dan 40 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Zenit” 29 fevral kuni Rossiya premer-ligasi doirasida “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar