Maksim Rafalovich: Barcha medal olgan sportchilarni tabriklayman

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Terma jamoa murabbiyi Maksim Rafalovich O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga ushbu musobaqa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi. Unda juda ham ko‘plab kuchli sportchilar ishtirok etishdi. Bizning jamoa ajoyib natija qayd etdi. Deyarli barcha taekvondochilarimiz musobaqaga eng yaxshi sport formada etib kelishdi. 4ta oltin, 3ta kumush va 3ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston taekvondochilari birinchi o‘rinni egallashdi. Barcha medal olgan sportchilarni tabriklayman, medal qo‘lga kirita olmaganlarga esa xafa bo‘lmasliklarini va mashg‘ulotlarda yanada yaxshiroq ishlashlarini tilayman," - dedi terma jamoa murabbiyi Maksim Rafalovich.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!