Maks Xollouey braziliyalik bilan revansh o‘tkazmoqchi!
BMF chempioni Maks Xollouey braziliyalik Charlz Oliveyra bilan revansh o‘tkazmoqchi.
"Bizning Oliveyra bilan o‘ziga xos tariximiz bor. U bilan bir xilmiz. Biz divizionning eng yuqori pog‘onasidamiz va ishonchim komil, Charlz Iliya Topuriya bilan bo‘lgan so‘nggi jangini xotirasidan o‘chirib tashlamoqchi... Shuningdek, ko‘pchilik uni BMF kamari uchun eng yaxshi da’vogar deb hisoblaydi. Shu bois barchasini hisob-kitob qilib olishimiz shart", - dedi amerikalik "Insight" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval "UFC Brazil" akkaunti Xollouey va Oliveyra o‘rtasida bahs tashkil etilishi haqida post joylab, keying uni o‘chirib tashlagan edi.



Fikrlar