Makgregor Chendlerga qarshi jang oldidan kichik jarohat olgan bo‘lishi mumkin

BEPUL PROPAN

Ikkita vazn toifasida UFC'ning sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor engil jarohat olgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda MMA Mania nashri ESPN Deportes'ga tayanib xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor ayni damda amerikalik Maykl Chendler bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu jang 29 iyundan 30 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC 303 musobaqasiga rejalashtirilgan. Konor 2021 yilning yozidan buyon musobaqalarda qatnashmadi. U o‘shanda amerikalik Dastin Porega mag‘lub bo‘lgan. Konor faoliyati davomida MMA bo‘yicha 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 22 ta g‘alaba qozongan va 6 ta mag‘lubiyatga uchragan.

Avvalroq UFC Dublindagi Makgregor jangiga bag‘ishlangan matbuot anjumanini keyinga surgani ma’lum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!