
Magnus Karlsen "Grenke Freestyle Open" musobaqasida 100 foizlik natija bilan g‘alaba qozondi
Dunyodagi eng katta ochiq turnirlardan biri "Grenke Chess Open 2025" yakunlandi. Mukofot jamg‘armasi 225 000 evroni tashkil qilgan turnir 17–21 aprel kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada Magnus Karlsen mukammal, 9 turda 9 g‘alaba bilan g‘alaba qozondi. Norvegiyalik sportchi so‘nggi tur oldidan birinchi o‘rinni egallab turgandi. Magnus so‘nggi turda germaniyalik Vinsent Keymerni mag‘lub etib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Hamyurtimiz Javohir Sindarov esa so‘nngi turda g‘alaba qozondi va musobaqani 6.5 ochko bilan 22-o‘rinda yakunladi.
Karlsen nafaqat turnirda g‘alaba qozondi, balki 60 000 evro va 25 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, Magnus 3191 ko‘rsatkichga erishdi, bu klassik shaxmat turnirlari, jumladan, hatto "an’anaviy" o‘yinlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Standart qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladigan hech bir turnirda bunchalik yuqori natija ko‘rsatilmagan.
Fikrlar