Mag‘lubiyatsiz o‘ynayotgan O‘zbekiston FIFA reytingida nechanchi o‘ringa joylashdi?

  • 20 iyun, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA dunyo mamlakatlari terma jamoalarining yangi reyting jadvalini e’lon qildi.

Tecno

Dunyoning 210 ta mamlakati terma jamoasi kiritilgan ro‘yxatni amaldagi jahon chempioni – Lionel Messi boshchiligidagi Argentina boshqarib turibdi.

Bu gal kuchli uchlikda o‘zgarish bo‘lmadi. Ikkinchi pog‘ona Frantsiya terma jamoasiga nasib qilgan bo‘lsa, Belgiya uchinchi pog‘onadagi joyini saqlab qoldi.

Ko‘pinchi birinchi qatorda qayd etilishiga ko‘nikib qolganimiz Braziliya terma jamoasi angliyaliklarni pastga surib, bir pog‘ona ko‘tarildi va dunyo reytingida to‘rtinchi jamoa maqeini egallab turibdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi reytingda ko‘tarilishda davom etmoqda. 2023 yilni 68-o‘rinda yakunlagan hamyurtlarimiz 2024 yilning birinchi yarmida barqaror o‘sishga erishyapti. Iyun oyi uchun mo‘ljallangan reytingda Srechko Katanets shogirdlari yana ikki pog‘ona yuqorilab, 62-qatorga chiqib oldi.

Ta’kidlash joizki, futbolchilarimiz iyun oyida ikkita uchrashuv o‘tkazdi. 2026 yilgi jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida Toshkentdagi bahsida Turkmanistonni 3:1 hisobida enggan bo‘lsa, Eron maydonidan golsiz durang bilan qaytdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi 15 ta uchrashuvga etdi. Hamyurtlarimi so‘nggi bor o‘tgan yilning sentyabrida AQSh terma jamoasiga qarshi safardagi o‘rtoqlik uchrashuvida 0:3 hisobida engilgan.

Undan keyingi 15 ta uchrashuvdan o‘ntasida Turkmaniston va Gonkongni ikki marotabadan, Tailand, Hindiston, Falastin, Qirg‘iziston, Xitoy va Vetnamni bir martadan mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Meksika, Qatar, Suriya va Eron bilan ikki bor durang o‘ynaydi.

Bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko‘p gol urgan futbolchi Eldor Shomurodov hisoblanadi. 28 yoshli forvard jami 73 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 40 marotaba ishg‘ol qildi.

Shuningdek, terma jamoaga bir yil muqaddam qo‘shilgan Abbosbek Fayzullaev hozirgi tarkib va Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylangan.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali ekspetlari 20 yoshli hujumkor futbolchini 6 million evroga baholamoqda.

Fayzullaev yangi murabbiy mashg‘ulotiga boradi

Shomurodov jamoasiz qolmaydi!

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...
Husanovning jamoadoshi Mbappening burnini sindirganidan keyin nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!