Mag‘lubiyat rosa alam qildi

  • 6 dekabr, 20:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” 15-turning markaziy uchrashuvida “Aston Villa” bilan kuch sinashib, raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Muhim g‘alabadan keyin “villaliklar” Premer-liga peshqadami bilan oradagi farqini uch ochkogacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta alamli mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu uchrashuvga safarbar qilgan barcha urinishlarimizga qaramay, yutqazganimiz jula og‘riqli bo‘ldi. Ochiq o‘yin bo‘ldi. “Aston Villa”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular haqiqatan ham juda kuchli jamoa.

Ikkinchi bo‘limda biz ustunlik qildik va men g‘alaba qozonamiz, deb o‘ylagandim. Shuning uchun mag‘lubiyat og‘ir botdi. 18 ta mag‘lubiyatsiz seriyadan keyin bitta uchrashuvni boy berish g‘alati bo‘larkan. Bu futbol va bori shu, - dedi Mikel Arteta.

Endi “Arsenal” navbatdagi uchrashuvni 10 dekabr kuni Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida Belgiyaning “Bryugge” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!