
Madrimov va Baturov "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Qaror bilan fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport va boshqa sohalarda faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar iqtidorli yigit “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida bokschilarimiz ham bor. Ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan Isroil Madrimov, shuningdek, terma jamoamiz a’zosi Bobousmon Baturov Prezidentimiz tomonidan "Mard o‘g‘lon" mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Fikrlar