Madridliklar birdaniga to‘rt futbolchi bilan xayrlashdi

  • 3 iyul, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning ikkinchi superklubi “Atletiko” to‘rt nafar futbolchini qo‘yib yuborgani haqida ma’lumot berdi.

Tecno

Klub bilan ijara shartnomasi tugagani tufayli Memfis Depay Madriddan ketdi. Niderlandiyalik hujumchi “Barselona”da ijaraga olingan edi.

Shuningdek, Mario Ermoso, Gabriel Paulista va Vitologa ham yangi shartnoma taklif qilinmadi.

Qizig‘i shundaki, Ermoso va Depay yakunlangan mavsumda jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan bo‘lgandi.

Ermoso “Atletiko” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Ma’lumotlarga qaraganda, uni “Inter” o‘z safiga chorlamoqda.

“Atletiko” moliyaviy ahvolini o‘nglab olish uchun yana bir necha futbolchilar bilan ham xayrlashishi mumkinligi aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!