
Madrid klubi "Yuventus" hujumchisi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda
Madridning "Atletiko" klubi "Yuventus" hujumchisi Nikolas Gonsales transferi bo‘yicha ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi transferga tayyor - bunga Turin klubi bosh murabbiyi Igor Tudor bilan o‘zaro tushunish yo‘qligi sabab bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, "Yuventus" futbolchini 30 mln evroga baholamoqda va uni sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 38ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va to‘rtta assist qayd etdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Gonsalesning narxi 24 mln evroni tashkil qiladi.
Fikrlar