Madrid klubi "Chelsi" futbolchisi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

  • 30 iyul, 2024, 17:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid" "Chelsi" bilan Gallaxer borasida muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Madridning “Atletiko” klubi “Chelsi” bilan yarim himoyachi Konor Gallaherni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Aytilishicha, “Chelsi” talab qilgan to‘lovni qo‘shgan holda umumiy transfer summasi 40 million evro bo‘lishi kutilmoqda. Angliyalik futbolchi "Atletiko"ning yozgi transfer maqsadi bo‘lib, kelishuv yaqinlashmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Gallaherni APL klubi bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Konor "Aristokratlar" safida 95 ta o‘yinda harakat qilib 10 ta gol va 10 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!