
Lyakazett yana "Atletiko" nishonida turibdi
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli frantsiyalik futbolchini "Atletiko" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aytish lozimki, “matraschilar” Lyakazettni o‘tgan yozda sotib olishga harakat qilib ko‘rishgan edi. Diego Kosta jamoadan ketgach, madridliklar yana Lyakazett nomzodiga qaytishdi.
Aleksandr Lyakazett joriy mavsum “Arsenal” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning ayni damdagi transfer narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar