
Lyakazett "Lion" tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishiga bir qadam qoldi
“Lion” hujumchisi Aleksandr Lyakazett kecha 17 mart oqshomida Liga 1 doirasidagi o‘yinda (1:1) “Nant” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu frantsiyalik futbolchining “Lion” safidagi yubiley150-goli bo‘ldi.
E’tiborlisi, Lyakazett shu tariqa klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar teytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarib oldi. Shu tariqa, Lyakazett 149 ta gol bilan Bernard Lakombni ortda qoldirdi. To‘purarlar ro‘yxatida faqatgina Flöri di Nallo 222 gol bilan Lyakazettdan oldinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, bir hafta oldin Lyakazett yana bir o‘ziga hos natija qayd etgan edi. U “Lion” tarixida beshta mavsumda kamida 20 tadan gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Fikrlar