
Lukas Vaskes: "Bu g‘alabalarimiz davomiy bo‘lishiga harakat qilamiz"
Lukas Vaskes "Real"ning "Alaves" bilan o‘yindagi g‘alabasi haqida gapirdi.
- G‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Biz 80-daqiqagacha ajoyib o‘ynadik. Keyin esa, biroz konsentratsiyani yo‘qotdik. Ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik va ikkita gol o‘tkazib yubordik.
– 1-daqiqadagi golingiz haqida gapirib bering.
- Men Vinisiusning yaqinlashib kelganini ko‘rdim va u menga to‘pni oshirishini bilardim. Gol urganimdan va jamoaga yordam berganimdan xursandman.
- Anchelotti jamoadan nimani talab qilmoqda?
- Biroz vertikallik. Chunki bizda hujumga o‘tishlarda juda tez harakat qiluvchi yigitlar bor va biz buni amalda namoyish qilishimiz kerak. O‘yinimz borgan sari yaxshilanmoqda. Ammo g‘alaba qozonishda va rivojlanishda davom etishimiz kerak.
- Bugun siz La Ligadagi 250- uchrashuvingizni o‘tkazdingiz va ilk bor "Sanyatgo Bernabeu"da sardor sifatida maydonga tushdingiz. O‘zingizni qanday his qilyapsiz?
- Juda xursandman. Bunday buyuk klubning sardori bo‘lish katta faxr.
- Navbatdagi bahs "Atletiko" bilan Madrid derbisi.
- Chiroyli o‘yin bo‘ladi. Bu biz uchun shiddatli va juda muhim. Doiimo g‘alaba qozonishni va barcha muhlislarimizni xushnud etishni juda xohlaymiz.
Fikrlar