
Lukakuning goli "Inter"ga g‘alaba keltirdi
Italiya chempionati 12-turida "Inter" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yin mehmonlar ustunligi ostida o‘tdi. Biroq Insene va Irving Losano bir qancha imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Ikkinchi taymning 71-daqiqasida David Ospina jarima maydoni ichida raqibiga qo‘pollik ishlatdi va uchrashuv hakami neapolliklar darvozasiga penalti belgiladi. Referi bilan vaziyatni hal qilmoqchi bo‘lgan Lorentso Insene esa qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 11 metrli nuqtaga yaqinlashgan Romelu Lukaku darvozabonga imkon qoldirmadi, 1-0.
"Inter" ushbu g‘alabadan so‘ng, 12 ta o‘yinda 27 ochko to‘plab, 2-pog‘onada mustahkam joylashib oldi, "Napoli" 23 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
Ushbu o‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar