
Lukaku uchun A Seriya grandlari o‘zaro kurash boshladi
Yozda jamoadan ketishi aytilayotgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli belgiyalik futbolchiga "Yuventus", "Milan" va "Inter" kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. O‘z navbatida “qizil iblislar” Lukakuni 87 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Lukakuning agenti Federiko Pastorello ham mijozining MYudan ketishi mumkinligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra Lukaku turli chempionatlarda o‘ynab sovrin yutmoqchi.
Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar