Lukaku nega MYudan ketmoqchi?

  • 24 may, 2019, 09:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketmoqchi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli belgiyalik futbolchiga “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher undan qanday foydalanayotgani yoqmayapti. Lukakuga esa "Inter"dan yaxshigina takliflar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum MYu safida 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bahodir Jo‘rayev
24/05/2019 10:28
Navbahorga kel seni kutib olamiz va daxshatli formaga kirishinhda yordam qilamiz qo‘llab