Luis Enrike: "Mbappedan noroziman"

  • 12 noyabr, 2023, 08:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Frantsiya chempionatining 12-turida "Reyms"ga qarshi maydonga tushib, 3:0hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Luis Enrike ishtirok etdi va Mbappe haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi:

Tecno

"Mbappedan mamnun emas. Gap uning xet-trigi haqida ketmayapti... U jahon darajasidagi futbolchi va biz ko‘proq narsa xohlaymiz. Men Kilian bilan gaplashim olishi kerak. Bu shaxsiy masala", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, Mbappe "Reyms" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, hujumchi ushbu mavsum PSJ tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta golda ishtirok etdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!