
Luis Enrike: Futbolchilar bilan umuman gaplashmang!
“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrike uchrashuv yakunlanganidan keyin darrov futbolchilar bilan muloqotga kirishib bo‘lmasligini aytdi.
- Men uchrashuv tugaganida hech qachon futbolchilar bilan gaplashmayman. Boshqa yuqori saviyali yoki o‘rtacha darajadagi, hatto bolalar murabbiylariga ham shuni tavsiya qilaman.
Bellashuv yakunlanganidan keyin hech narsa haqida suhbatlashib bo‘lmaydi. Agar jamoa yutqazgan bo‘lsa, o‘yinchilar shokka tushgan bo‘ladi.
Keyinroq uchrashuvning videotakrorini ko‘rib chiqqandan keyin, hammasi ayon bo‘ladi, vaziyatlarni tahlil qilish mumkin, - dedi Luis Enrike.
Fikrlar