
Luis Enrike eng zo‘r darvozabondan voz kechadigan bo‘ldi
Janluiji Donnarumma dunyoning eng zo‘r darvozabonlaridan biri sifatida tan olingan.
PSJ rahbariyati yosh bo‘lishiga qaramay, katta tajriba to‘plagan italiyalik posbonni jamoa darvozasini uzoq muddat qo‘riqlashini mo‘ljallab olib kelgan edi.
Bosh murabbiy Luis Enrikega Donnarummaning o‘yini yoqmayapti. Ispaniyalik mutaxassis birinchi raqamni o‘zi yoqtirgan golkiper Unai Simonga topshirmoqchi.
Simon bir necha yillardan beri Bilbaoning “Atletik” jamoasi darvozasini muvaffaqiyatli qo‘riqlab kelmoqda. Uning bilbaoliklar bilan shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi.
Fikrlar