Luis Enrike 6:1 hisobida yutgan shogirdlarini tanqid qildi

  • 30 mart, 15:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiya chempionati peshqadami PSJ Liga 1 27-turida “Sent-Eten” mehmoni bo‘lib, safar uchrashuvidan 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Parijliklar bosh murabbiyi uchrashuvdan keyin fikr bildirib, shogirdlarining bellashuv boshidagi o‘yinidan ko‘ngli to‘lmaganini aytdi.

- Umumiy hisobda o‘yindan mamnunman, lekin shogirdlarimning bellashuv boshidagi harakatlaridan emas. “Sent-Eten” bahsni intensiv boshladi. Biz birinchi bo‘lim oxiriga kelib, o‘z darajamizga ko‘tarila oldik.

Ikkinchi bo‘lim esa, shov-shuvli bo‘ldi, juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratilib, gollar urildi. Biz bo‘lajak bahslar oldidan bu holatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishimiz kerak, - dedi Luis Enrike.

PSJ Frantsiya chempionatida 27-turdan keyin ochkolari sonini 71 taga etkazib oldi. Chempionat yakunlanishiga etti tur qolganida amaldagi chempion eng yaqin ta’qibchisi “Marsel”ni 21 ochko ortda qoldirayotgani uchun bu yil ham chempionlikni saqlab qolishiga hech kim shubha qilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!