Luis Dias "Bavariya"ga o‘tish arafasida

  • 27 iyul, 16:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" vingeri Luis Dias "Bavariya"ga o‘tish arafasida turibdi.

Tecno

Ingliz grandi 28 yoshli futbolchi uchun myunxenliklarning bir nechta takliflarini rad etdi, biroq u baribir Germaniyaga ko‘chib o‘tadigan ko‘rinadi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tomonlar kelishuvga yaqin. "Bavariya" kolumbiyalik yulduzni 75 mln evroga transfer qiladi. Futbolchining o‘zi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma allaqachon kelishilgan.

Avvalroq Luis Diasni qo‘lga kiritishga "Barselona" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirayotgan edi. Vingerning "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!