
London superklubi “yangi Messi”ga xaridor
Secret Scout nashrining yozishicha, “Chelsi” skatulari argentinalik hujumchi Augustin Rubertoni jiddiy kuzatib bormoqda.
Bu futbolchining kuni kecha 18 yoshga to‘lgani uning transferini yanvar oyi ichida amalga oshirish imkonini beradi. Londonliklar bu vaziyatlan unumli foydalanib qolmoqchi.
Ruberto yosh bo‘lishiga qaramay, “River PLeyt”ning asosiy tarkibi bilan birga shug‘ullanadi.
Augustin kuchli texnikaga ega salohiyati yuqori futbolchi hisoblanadi. Mutaxassislar uni Argentina futboli faxri Lionel Messiga qiyoslab, “yangi Messi”, deb atayapti.
Ruberto o‘tgan yili 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etgan jahon chempionati muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi. U musobaqada sakkizta to‘p kiritib, kichik mundial to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar