
"Lokomotiv"ning sobiq ustozi Serbiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
"Lokomotiv" Moskva klubining sobiq bosh murabbiyi Miodrag Bojovich Serbiya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda "Chempionat" nashri xabar bermoqda.
"Hammasi dekabrda aniq bo‘ladi. Miodrag – bu lavozimga asosiy nomzodlardan biri", - deb yoziladi xabarda.
Bojovich faoliyati davomida "Dinamo", "Amkar", "Rostov", "Lokomotiv", "Tsrvena Zvezda", "Arsenal" va "Krilya Sovetov" klublarida ishlagan.
Fikrlar