“Lokomotiv”da katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu yaxshilikkami yoki aksi?

  • 12 dekabr, 2019, 19:12
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"SPORTS.uz haftasi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etilmoqda. Ushbu sonda futbol mutaxassisi Jamoliddin Bobojonov ishtirok etdi.

Tecno

Ko‘rsatuv mobaynida Jamoliddin Bobojonov “Lokomotiv”da katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida gapirdi.

Jamoliddin Bobojonov “Paxtakor” bu tarkibi bilan ham OChL guruh bosqichidan chiqa olmasligi va Adebayorga qiziqishi haqida

- “Lokomotiv”ning OChL-2020dagi ishtiroki borasida biror fikr bildira olmayman. “Temiryo‘lchilar”da murabbiy almashdi. O‘zi umuman “Loko”ni yanvargacha kuzatish kerak tarkibi qanchalik o‘zgaradi va hokazolarni. Keyingi yil uchun jamoa o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygan. Bular juda katta savol ostida.

Eshitishimcha, “Lokomotiv”ning xattoki, homiylari o‘zgaradi, ya’ni ketadi degan gaplar bor. U holda “Lokomotiv”ning tarkibi qanchalik saqlanib qoladi? Chunki “Loko”ning hozirgi homiylari bo‘lmagan paytda jamoa chempionatning o‘rtamiyona klubi edi. Umuman, o‘zi rostdan ham jamoada shunday o‘zgarishlar bo‘ladimi? Bu savollarga javob topsak, “temiryo‘lchilar”ning OChL-2020dagi ishtiroki borasida gapirsak bo‘ladi, - dedi Jamoliddin Bobojonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
12/12/2019 19:32
Умуман тарқатиб юборса халқ уфадан жуда минаддор бӯларди
&
muhamadiy
12/12/2019 19:46
Talqalib ketmedi.loko yanada kuchayadi..
&
LEGIONER
13/12/2019 12:55
Fyodrov qanday mutaxasis yoki Lokomotivga qanday foydasi tegdiki uni qaytaryapsizlar tushunmadim undan ko'ra Maksim Shatskxni olib kelilar u har qalay o'zbek klublari taklifini kutyapti qaytanga ishsiz bir urinib ko'rar edi nima bo'lganda ham bizning futbolchimiz bir imkon berish kerak yana bir o'ylab ko'rilar Fyodrov baribir hech narsa qilolmaydi osiyo chempoinlar ligasi saralashi yaqin bo'lsa narmalni o'zgarishlar qilsa bo'ladiku
Абдусамат Жураев
13/12/2019 07:38
ПАХТАКОРДАН ташкари хаммаси ТОШКЕНТ ЖАМОЛАРИ вактинчалик