
"Lokomotiv" Kosovo jamoasi bilan durang o‘ynadi
"Lokomotiv" Turkiya yig‘ini doirasidagi uchinchi sinov-nazorat o‘yinida qatnashdi.
Kuchli shamol bo‘lishiga qaramasdan ikkala jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish qilishdi, biroq ob-havo injiqligi futbolchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Bahsning 25-daqiqasida kosovoliklar sardori Ahmed Yanuzi hisobni ochdi. O‘sha daqiqaning o‘zida Shime Jujul o‘z goli bilan hisobni tenglashtirib qo‘ydi.
Bahs yakuniga qadar ikkala jamoa vakillarida ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq boshqa gol urilmadi.
"Lokomotiv" - "Dukajini" 1:1
Gollar: Ahmed Yanuzi (25, 0:1), Shime Jujul (25, 1:1).
"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Samuel Opeh, Manuchehr Safarov, Oleg Zoteev, Javohir Abdualimov, Lazizbek Mirzaev, Sanjar Qodirqulov, Ivan Solovyov, Rustam Soirov, Shime Jujul.
Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartadjiev, Dilshodjon Komilov, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, Jaloliddin Jumaboev, Abdulloh Yo‘ldoshev, Sherzodjon Komilov, Nurmuhammad Toshpo‘latov, Marat Bikmaev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov, Mahdi Abduraimov, Maruf Jumaev.
"Dukajini": Altik Muhaxhiri, Ilir Sila, Sendrim Kameray, Dior Zabyorgya, Milosh Zenunay, Labinot Yashanitsa, Granit Elezay, Ahmed Yanuzi, Rinor Kuqi, Ilyasa Zulfiu, Rion Selimi.
Zaxiradan tushganlar: Kenan Hashihamza, Vitor Hugo, Blerind Morina, Ardin Dalku, Elton Basriu.
Fikrlar