
"Lokomotiv" Gretsiya terma jamoasi darvozaboniga qiziqmoqda
Moskvaning "Lokomotiv" klubi AEK darvozaboni Vasilios Barkasning xizmatlariga qiziqib qoldi.
Hellas Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “temiryo‘lchilar” 25 yoshli Gretsiya terma jamoasi posbonini diqqat bilan kuzatishni boshlab yuborgan. Agar u moskvaliklarda iliq taassurot qoldirsa, ular AEKga 5,6 mln evro taklif qilishadi.
Ma’lumot uchun, Barkas joriy mavsum AEK safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 15 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar