
"Lokomotiv" bu tur ham g‘alaba qozona olmadi (video)
Avval xabar berganimizdek, bugun Superligada 4-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, bugun “Lokomotiv” Toshkentda “Qizilqum”ni qabul qildi. Poytaxtdagi o‘yinda birinchi bo‘lib hisobni navoiyliklar ochishdi. Golga Jamshid Hasanov (36') mualliflik qildi. Biroq, 57-daqiqaga kelib Diyorjon Turopov “Qizilqum” darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng o‘yinda boshqa gol kiritilmadi va 1:1 hisobi saqlanib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar