"Lokomotiv" - OKMK o‘rtoqlik o‘yinida 6 ta gol urildi

  • 5 sentabr, 23:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan OKMK FK Toshkentda «Lokomotiv» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Uchrashuv o‘ziga xos formatda – har biri 35 daqiqa davom etgan to‘rtta taym shaklida tashkil etildi. Bahs davomida ikkala jamoa ham faol va hujumkor o‘yin namoyish etdi. Natijada gollarga boy tarzda kechgan bellashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. 

OKMK jamoasidan gollarga Mirjamol Qosimov, Ali Abdurahmonov va Ruben Sanchez mualliflik qilishdi. "Loko"dan Shodiyor Shodiboev, Abdulaziz Abdusalomov va Akaki Shulayya kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!