
"Lokomotiv" - "Metallurg" o‘yinida kuchlar teng keldi
Bugun "Lokomotiv" hamda "Metallurg" jamoalari o‘rtoqlik o‘yinida kuch sinashdi.
Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. Toshkentliklar tarkibida Rustam Soirov tomonidan kiritilgan golga bekobodliklar Daler Sharipovning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs har ikki jamoaning yozgi yig‘indagi dastlabki uchrashuvi hisoblanadi.
Fikrlar