
"Liverpul"ning yana bir futbolchisi "Barselona"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen EChL yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi o‘tkazib yuborishi mumkin.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli angliyalik futbolchi jamoaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq mersisaydliklar etakchisi Virjil van Deyk ham mashg‘ulotlarda qatnashmagani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” – “Barselona” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar