
"Liverpul"ning AQSh yig‘iniga jalb etilgan 28 nafar futbolchi nomi e’lon qilindi
“Liverpul”ning mavsumlar oralig‘ida AQSh yig‘iniga jalb etiladigan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Bosh murabbiy Yurgen Klopp okean ortiga 28 nafar futbolchi bilan yo‘l oladi. Klayn, Fabino, van Deyk, Veynaldum, Lovren, Milner, Gomes, Xenderson, Oksleyd-Chemberlen, Lallana, Minole, Bryuster, Robertson, Origi, Matip, Kent, Lyuis, Fillips, Jons, Guver, Oyjinski, Dunkan, Vudbern, Uilson, Laruchi, Aleksander-Arnold, Van den Berg va Atertonlar shular jumlasidandir.
Amerika kubogi va Afrika Millatlar kubogida ishtirok etgan Alisson, Nabi Keyta, Roberto Firmino va Muhammad Saloh kabi futbolchilar hali ta’tildan qaytishmagan. Sadio Mane esa Jazoirga qarshi Afrika Millatlar kubogi finalida ishtirok etadi.
Fikrlar