“Liverpul” yanvarda yana katta transferga qo‘l uradi

  • 15 noyabr, 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Angliyanin g amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati qishki transferlar davrida “Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Vitinyaga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Manbalarga ko‘ra, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi  Evropadagi eng texnik mahorati yuqori yarim himoyachilardan biri hisoblanadi.

PSJ rahbariyati o‘yinchi uchun 130 million evroga teng taklif bo‘lsa, muzokaralarni boshlashga tayyor. Shu bilan birga, Vitinyaga “Yuventus”, “Real” va “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda.

Vitinya joriy mavsum 16 ta o‘yinda 2 ta gol va 8 ta assist qayd etgan. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 90 million evroni tashkil qilmoda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!