"Liverpul" Slotning o‘rniga yangi murabbiy topdi

  • 27 noyabr, 13:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Anje Postekoglu Angliyaning yana bir grand jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib kelishi mumkin. Teamtalk nashri xabar berishicha, uning nomzodi "Liverpul" rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qizillar"ning amaldagi murabbiyi Arne Slot so‘nggi omadsiz natijalarga qaramay, klub rahbariyati ishonchini hozircha saqlab turibdi. Ammo jamoa holati yaxshilanmasa, niderlandiyalik mutaxassis iste’foga chiqarilishi mumkin.

Slot o‘tgan yilning yozida mersisaydliklar bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida klub o‘tgan mavsum APL chempioni bo‘lgan.

Ma’lumot uchun,"Liverpul" o‘zining so‘nggi o‘yinida Chempionlar ligasida PSVga yirik 4:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!