“Liverpul” rekord summaga himoyachi topdi

  • 7 dekabr, 12:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Mersisaydliklar bu rejasini amalga oshirish uchun transfer rekordini yangilashga tayyor.

Tecno

Il Giorno nashrining ma’lum qilishicha, liverpulliklar “Inter” markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, inglizlar  26 yoshli italiyalik futbolchi uchun 100 million evrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor. Ammo milanliklar o‘zining asosiy o‘yinchilaridan biri bilan osongina xayrlashmoqchi emas.

Transferga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omil bu futbolchining amaldagi shartnomasi bo‘lib, u 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Bastonining yillik maoshi taxminan 5,5 million evroni tashkil etadi.

Bastoni 2017 yil avgust oyida “Atalanta” klubidan “Inter”ga 31 million evro evaziga o‘tgan edi. Agar “Liverpul”ning rejasi amalga oshsa, Bastoni jahon futbolida eng qimmatbaho himoyachiga aylanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!