
"Liverpul" MYuni yana 7:0'ga yutmoqchi
Kodi Gakpo MYu ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Liverpul" o‘tgan mavsumda APL doirasida "Manchester Yunayted"ni 7:0 hisobida taslim etgandi. Bugun jamoalar "Enfild"da yana to‘qnash keladi.
"Ajoyib o‘yin bo‘lgandi. Biz g‘alaba qozonishimiz kerakligini bilardik. Ikkala jamoa ham birinchi taymni yaxshi o‘tkazgandi. Tanaffus arafasida gol urdim, tanaffusdan ikki daqiqa o‘tib, Darvin ikkinchi to‘pni kiritdi va yana ikki daqiqa o‘tib, uchinchi golga mualliflik qildim. Ikkinchi bo‘lim avvalida tezkor gollar urish oqibatida biz intrigani o‘ldirgandik.
Umid qilamanki, biz bu natijani yana takrorlaymiz", - dedi "qizillar"ning niderlandiyalik hujumchisi.
Fikrlar