“Liverpul” murabbiyga bosh ko‘targan Muhammad Salohni qanday jazolamoqchi?

  • 8 dekabr, 15:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati jamoa ichida qat’iy tartib o‘rnatish uchun keskin chora ko‘rishga tayyorligi aytilmoqda.

Tecno

Gap shundaki, jamoa etakchisi Muhammad Saloh ketma-ket uchta uchrashuvda zaxirada qoldirilganidan keyin bosh murabbiy Arne Slotni ochiqchasiga tanqid qildi. Jamoada muhit va munosabatlar buzilgan.

Ko‘pchilikni klub rahbariyati bu borada qanday yo‘l tutishi qiziqtirmoqda.

Daily Mail nashri bu masalaga oydinlik kiritdi.

- “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Evropa  Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida “Inter”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkin. Klub rahbariyati misrlik futbolchini o‘yin qaydnomasidan chiqarib tashlamoqchi, - deb xabar tarqatdi Daily Mail nashri.

Joriy mavsumda Saloh “Liverpul” safida barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha tuzilgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!