“Liverpul” Muhammad Salohga narx qo‘ydi. Xaridor aniq!

  • 16 mart, 2023, 16:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi etakchisi Muhammad Saloh yozda “Liverpul”ni tark etishi kutilmoqda. Rahbariyat ham klub tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchini qo‘yib yuohborishga qarshi emas.

Tecno

The Mirror nashrining ta’kidlashicha, liverpulliklar 2017 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchiga narx belgiladi.

Muhammad Saloh uchun 80 million evro to‘lagan klub uni olib ketishi mumkin. Transfer mutaxassislar afrikalik o‘yinchiga PSJ jiddiy qiziqish bildirayotganini ta’kidlamoqda.

Joriy mavsumda Angliya chempionatida 26 ta uchrashuvda 11 ta gol va ettita assist qayd etgan 30 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!