
"Liverpul" Madriddan to‘purar hujumchi olib kelmoqchi
"Liverpul" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresni yaqinlashib kelayotgan transfer oynasidagi asosiy maqsadlardan biri deb bilmoqda. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" Alvaresni qo‘lga kiritish uchun hamma narsaga tayyor. Transfer faqat pul bilan cheklanib qolmasligi, balki jamoaning hozirgi tarkibidagi biror futbolchini, masalan, Darvin Nunesni bitimga qo‘shish ehtimoli ham mavjud.
25 yoshli argentinalik hujumchi ajoyib mavsum o‘tkazmoqda — u Madrid klubi safida 51 o‘yinda 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi Ispaniya chempionatida 67 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda, "Real" (75 ochko) va "Barselona" (79 ochko) undan oldinda.
Fikrlar